O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

CHERY AUTO

Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Adliya vazirligi vakillari, federatsiya Ijroiya qo‘mitasi a’zolari, viloyat federatsiyalari rahbarlari, hakamlar, murabbiylar, terma jamoa a’zolari ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasi matbuot xizmati.

Tecno

Kun tartibidan viloyat federatsiya rahbarlari, O‘KMF bosh hakami va terma jamoalar murabbiylaridan kelib tushgan murojaat va arizalarni ko‘rib chiqish, shuningdek, tashkilotga yangi rahbar saylash masalalari o‘rin olgandi.

Yig‘ilish davomida federatsiyada yuzaga kelgan bir qator masalalar ko‘rib chiqildi, muhokama qilindi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasi raisi lavozimiga Alamjon To‘xtasinovich Mullaev nomzodi ilgari surildi. Konferentsiya ishtirokchilari esa ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashdi. Shu tariqa, Alamjon Mullaev tashkilotning yangi rahbariga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!