O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Ispaniya safari oldidan Toshkentda yig‘in o‘tkazadi

  • 2 oktabr, 2018, 13:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Xabaringiz bor Otabek G‘ulomxo‘jaev murabbiyligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi oktyabr oyida Ispaniyaning Malaga shahrida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqada qatnashadi. 
 
O‘FA rasmiy saytining ma’lum qilishicha ushbu musobaqa oldidan terma jamoamiz 3 oktyabr kuni “Chig‘atoy” sport bazasida yig‘inga kirishadi. 3 oktyabrdan 7 oktyabrgacha davom etadigan yig‘inda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi “Lokomotiv” klubining o‘rinbosarlariga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazadi.
 
Malagada bo‘lib o‘tadigan musobaqada O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 3 ta bahsda maydonga tushadi. 10 oktyabr kuni birinchi bahsda vakillarimizga Frantsiya U-18 terma jamoasi raqiblik qilsa, 13 oktyabr kuni Belgiyaga qarshi bahs olib boriladi. Musobaqadagi so‘nggi o‘yin 15 oktyabr kuni Shotlandiya U-18 terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
 
Xalqaro musobaqa
Malaga, Ispaniya
 
10 oktyabr Frantsiya U-18 – O‘zbekiston U-17
 
13 oktyabr O‘zbekiston U-17 – Belgiya U-18
 
15 oktyabr O‘zbekiston U-17 – Shotlandiya U-18

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!