O‘zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvini Sherzod Qosimov boshqaradi

  • 23 fevral, 2019, 14:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor yangi mavsumni O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘tkaziladigan o‘yin ochib beradi. Superkubok uchrashuvida mamlakatimizning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” hamda 2018 yilgi O‘zbekiston kubogi sohibi – AGMK jamoalari sovrin uchun kurash olib borishadi.

Tecno

Mazkur uchrashuvni Sherzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Andrey Tsapenko yordam berishadi. Zaxira hakami vazifasini esa Jasur Muxtorov bajaradi. Uchrashuv nazaratchisi Baxtiyor Namozov, komissar Erkin Baxtiyorov.

Eslatib o‘tamiz, bahs soat 16:00da start oladi. Uchrashuv "Sport" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!