O‘zbek klublari tarixidan – "Lokomotiv"

  • 24 dekabr, 2018, 20:02
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

 O‘sha yilidanoq jamoa O‘zbekiston Ikkinchi ligasida ishtirok etishni boshlagan. 2003 yili “temiryo‘lchilar” Birinchi ligada o‘ynab, ikkinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lishgan va keyingi mavsumni Oliy ligada qatnashishga yo‘llanmani qo‘lga kiritishgan.

2004 yildan 2010 yilgacha “Lokomotiv” mamlakat yuqori ligasida barqaror o‘yin namoyish etib kelgan, ammo 2010 yil klub uchun biroz omadsiz kelgan. Natijada jamoa Oliy ligada 13-o‘rinni egallab, Birinchi ligaga tushib ketgan. Shundan so‘ng klub rahbariyati jamoani kuchaytirish uchun jiddiy kirishdi. Bu o‘zgarishlar o‘z samarasini berdi va “Lokomotiv” Birinchi ligada birinchi o‘rinni egallab, Oliy ligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

2012 yilda “Lokomotiv” o‘z tarixida ilk marta bronza medallariga ega chiqdi va 2013 yilda OFK Chempionlar ligasi saralash bosqichida qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Lekin BAAning “Al-Nasr” klubiga imkoniyatni boy berdi. 2013 yil yakunlariga ko‘ra “temiryo‘lchilar” Oliy ligada ikkinchi o‘rinni egallab, qit’a Chempionlar ligasi saralashning pley-off bosqichida o‘ynash uchun yo‘llanmaga ega bo‘lishdi. O‘sha yili “Lokomotiv” O‘zbekiston Kubogida yarim finalgacha etib bordi.

loko fans

2014 yil Osiyo Chempionlar ligasida yana omadsizlikka uchraganiga qaramasdan, klub uchun yil omadli keldi. “Lokomotiv” chempionatda ikkinchi o‘rinni egalladi va Kubok sohibiga aylandi.

2015 yil boshida “Lokomotiv” O‘zbekiston Superkubogiga ega chiqdi. Chempionlar ligasida esa ishtirokni guruh bosqichidan boshladi. Guruhda to‘rtinchi o‘rinni egallagan “temiryo‘lchilar” 1/8 finalga chiqa olmadilar. O‘sha yili ham “Lokomotiv” milliy chempionatda kumush medali sohibi bo‘ldi.

2016 yil “Lokomotiv” o‘z tarixida birinchi marta O‘zbekiston chempioniga aylandi. Shu yili jamoa Osiyo Chempionlar ligasida chorak finalgacha etib bora oldi. Hozirgi kungacha bu natija “Lokomotiv”ning halqaro maydondagi eng katta natijasi hisoblanadi.

Loko kubok sohibi (11)

2017 yilda oltin dublga erishgan Toshkent jamoasi, 2018 yilda ham chempionlikni qo‘ldan boy bermadi va uchinchi marta ketma-ket mamlakat chempioni bo‘ldi.

 loko pfl

Erishgan yutuqlari

3 karra O‘zbekiston chempioni (2016, 2017, 2018)

3 karra O‘zbekiston vitse-chempioni: (2013, 2014, 2015)

3 karra O‘zbekiston Kubogi sohibi (2014, 2016, 2017)

O‘zbekiston Superkubogi sohibi (2015)

 

Jamoa tarkibida to‘p surgan mashhur futbolchilar:

Baxtiyor Ashurmatov

Pavel Bugalo

Aleksandr Geynrix

Temur Kapadze

Viktor Karpenko

Yannis Mandzukas

Zayniddin Tojiev

Sanjar Tursunov

Azizbek Xaydarov

Aleksandr Shadrin

Kaxi Maxaradze

Akmal Xolmatov

Artur Gevorkyan

Everton Kavalkante

Arturas Fomenko

Aleksandr Filimonov

Server Jeparov

 

Jamoada faoliyat olib borgan mashhur murabbiylar:

Andrey Miklyaev

Mirko Yelichich 

Vadim Abramov

Tachmurad Agamuradov

Xoren Oganesyan

Xakim Fuzaylov 

Andrey Fyodorov

Manba: O‘zPFL

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!