
Osiyo o‘yinlari: Jasurbek Latipov yarim finalga yo‘l oldi
Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari-2018 musobaqasining boks bellashuvlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
Bugun musobaqaning chorak final bahslariga start berildi. Vakillarimiz orasida birinchi bo‘lib 52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jasurbek Latipov indoneziyalik Sugaro Aldomsga qarshi ringga ko‘tarildi.
Dastlabki raundlarda har ikki bokschi ancha faol harakat qildi va deyarli tenglik kuzatildi. Ikkinchi raundda esa bokschimiz biroz faolligi bilan ajralib turdi. Raqib esa ko‘proq qarshi hujumga tayanib, qarshilik qildi.
Uchinchi raundda bokschilar ochiq jang tashkil qilishdi va galma-gal zarbalarni yo‘llashdi. Jang yakunlariga ko‘ra, bokschimiz ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Fikrlar