Osiyo o‘yinlari. Futbolchilarimiz finalga chiqa olishmagan bo‘lishsada, hakamlarimiz ushbu ishni uddalashdi

  • 31 avgust, 2018, 11:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Xabaringiz bor, Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha musobaqalari yakuniga etish arafasida. Ertaga 1 sentyabr kuni Jakartadagi "Pakansari" stadionida Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari final uchrashuvida musobaqa g‘olibini aniqlashadi. 

Mazkur o‘yinni o‘zbekistonlik hakam Aziz Asimov boshqarib boradi. Unga qanotda yana bir hamyurtimiz Ruslan Serazetdinov yordam beradi.
 
Osiyo o‘yinlari, final.
1 sentyabr, Jakarta. "Pakansari" stadioni. 
Janubiy Koreya - Yaponiya 
Bosh hakam: Aziz Asimov (O‘zbekiston)
Laynsmenlar: Ruslan Serazetdinov (O‘zbekiston), Zamirbek Chanibekov (qirg‘iziston) 
To‘rtinchi hakam: Muhammad Xolid (S.Arabistoni)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!