Osiyo Kubogi. Raqibimiz Turkmaniston musobaqaga faol tayyorgarlik ko‘ryapti

  • 14 dekabr, 2018, 12:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yazguli Xo‘jakeldiev boshchiligidagi turkmanistonlik futbolchilar joriy yilning 28 noyabr - 12 dekbar kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida dastlabki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishdi. Yig‘in davomida Turkmaniston ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Birinchi uchrashuvda mahalliy "Alanyaspor" jamoasi 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratilgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda turkmanlar Eronning "Traktorsozi" klubi ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Tecno

Endi 18-30 dekabr kunlari Turkmaniston terma jamoasi Antaliyada ikkinchi yig‘inni o‘tkazadi. Yig‘in doirasida 25 dekabr kuni Afg‘oniston terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham 15-29 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida yig‘in o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!