Oliy liga-2017 birinchi davrasida qaysi klublarimizda necha marta murabbiylar almashdi?

  • 18 iyul, 2017, 17:10
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Bilasiz, ayni paytda O‘zbekiston chempionati birinchi davrasi o‘z nihoyasiga etgan. Hozirgi kunda klublarimiz ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rish bilan bandlar. Qaysidir jamoa xorijda mashg‘ulotlar olib borayotgan bo‘lsa, ayrimlar tog‘da shug‘ullanmoqda.

Birinchi davrada jamoalar qayd etgan natijalar bilan sizlarni tanishtirib o‘tdik. Endi esa ushbu vaqt mobaynida qaysi klublarimizda necha marta murabbiylar almashgani borasidagi ma’lumotlarga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.

Oliy liga-2017ni 16 jamoa quyidagi murabbiylar bilan boshlashgandi.

1.“Lokomotiv” – Andrey Miklyaev

2.“Bunyodkor” – Sergey Lushchan

3.“Paxtakor” – Grigoriy Kolosovskiy

4.“Obod” – Rauf Inileev

5.“Olmaliq” – Viktor Kumikov

6.“Metallurg” – Shavkat Saidov (jamoa boshlig‘i)

7.“Navbahor” – Ilhom Mo‘minjonov

8.“Neftchi” – Andrey Fyodorov

9.“Qo‘qon-1912” – No‘’mon Hasanov

10.“So‘g‘diyona” – Davron Fayziev

11.“Buxoro” – Ulug‘bek Baqoev

12.“Nasaf” – Ro‘ziqul Berdiev

13.“Sho‘rtan” – Aleksandr Volkov

14.“Mash’al” – Aleksandr Xomyakov

15.“Dinamo” – Oleg Tyulkin

16.“Qizilqum” – Hamidjon Aktamov

Ushbu jamoalardan 10 tasida murabbiylar muqim joy egallashgan bo‘lsa, “Qizilqum” ustozi Hamidjon Aktamov ishdan ketish bo‘yicha ariza yozgan.   

5 ta klubda bosh murabbiylar o‘zgardi. Jumladan, “Paxtakor”da yil boshidan beri to‘rtinchi murabbiy ish boshladi. “Sho‘rtan”da esa ayni paytda “qo‘sh hokimlik” yuzaga kelgan. Chunki g‘uzorliklarni hozirda vaqtinchalik Vitaliy Legay hamda Gennadiy Kochnev shug‘ullantirmoqda.

Quyida birinchi davrada qaysi klubda necha marta murabbiy almashgani bilan tanishishingiz mumkin.  

“Paxtakor”: Grigoriy Kolosovskiy → Ravshan Haydarov → Jasur Abduraimov → Shota Orveladze.

“Sho‘rtan”: Aleksandr Volkov → Ixtiyor Karimov → Vitaliy Legay hamda Gennadiy Kochnev (vaqtinchalik murabbiylar).

“Bunyodkor”: Sergey Lushchan → Mirjalol Qosimov

“So‘g‘diyona”: Davron Fayziev → Diyor Fayziev (yordamchi murabbiy)

“Neftchi”: Andrey Fyodorov → Vadim Abramov

“Qizilqum”: Hamidjon Aktamov (o‘zgarishi mumkin) → ...?

Bekzod ISAEV tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!