Og‘ir atletika bo‘yicha Rossiya, Qozog‘iston kabi terma jamoalar Tokio Olimpiadasiga 2 nafar sportchi olib ketishi mumkin xolos

CHERY AUTO

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi Tokio Olimpiadasida ishtirok etadigan ayrim terma jamoalarning kvotasini qisqartirdi. Unga ko‘ra, Rossiya, Qozog‘iston, Armaniston, Belarus, Ozarbayjon kabi terma jamoa vakillari Tokio Olimpiadasiga maksimum 2 nafar sportchisi (faqat bir ayol va bir erkak) bilan ishtirok etishi mumkin. Bu haqida "Reuters" axborot agentligi xabar bermoqa. 

Tecno

Bunga sabab sifatida ushbu terma jamoalarda Pekin Olimpiadasidan boshlab shu paytgacha bo‘lgan davr mobaynida 20 dan ziyor ijobiy doping tahlillari aniqlangan. Bu ko‘rsatkich Tokio Olimpiadasigacha qaysi terma jamoalarda 20 ga etsa, ularni ham shunday cheklov kutmoqda. 10-19 ta ijobiy doping tahlili aniqlangan terma jamoalar 4 nafar sportchi (faqat 2 ayol va 2 erkak) bilan qatnasha oladilar xolos. Ayni paytda bu toifaga Eron, Hindiston, Bolgariya kabi terma jamoalar qo‘shilib bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!