
Oblak Buffon va De Xeani ortda qoldirdi
Madridning “Atletiko” klubi darvozaboni Yan Oblak kecha “Arsenal”ga (1:0) qarshi o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.
E’tiborlisi, sloveniyalik posbon so‘nggi uch mavsum ichida 80ta o‘yinda o‘z darvozasidan gol olib chiqmadi. U hozircha bu ko‘rsatgich borasida top-5 chempionatlarda to‘p surayotgan darvozabonlar orasida eng yaxshi natijani qayd etmoqda.
Oblakdan keyingi pog‘onalarda esa Janluiji Buffon («Yuventus» 60ta), David De Xea («Manchester Yunayted» 56ta), Xose Reyna («Napoli» 53ta) va Manuel Noyer («Bavariya» 51ta) kabi darvozabonlar kelishmoqda.
Fikrlar