
OChL-2018: “Al-Faysali”ga 5 ta gol urgan “Nasaf” guruh bosqichiga yo‘l oldi
Bugun, 30 yanvart kuni Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Qarshining "Nasaf" jamoasi o‘z maydonida Iordaniyaning "Al-Faysali" jamoasini qabul qildi.
Bellashuvda dastlab, burchakdan oshirib berilgan to‘pni Igor Golban 12-daqiqada boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Golga “ajdarlar”ning yangi legioneri Slavko Lukich assistentlik qildi.
Ikki bo‘lim boshida esa Jasur Hasanov burchakdan uzatib bergan to‘pni Bobir Abdixoliqov boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Oradan ko‘p o‘tmay, Azizjon G‘aniev jarima maydoni tashqarisidan gol urishni uddaladi – 3:0.
60-daqiqada Islom Kenjaboevni raqib futbolchisi o‘z jarima maydoni ichida to‘xtatib qoldi. Natijada uchrashuv bosh hakami penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasidan Dragan Cheran samarali foydalanib, hisobni yanada yirik ko‘rinishga olib keldi.
87-daqiqada "ajdarlar" futbolchisining o‘ng qanotdan tashkil etgan reydidan sarosimaga tushgan Yosir Alravashdeh avtogol muallifiga aylandi. Uchrashuvning oxirgi soniyalarida mehmonlar a’zosi jarimadan to‘p kiritib, o‘yin 5:1 hisobida yakunlanishini ta’minladi.
OChL-2018. Saralash o‘yini.
"Nasaf" - "Al-Faysali" 5:1
Gollar: Igor Golban 12, Bobir Abdixoliqov 49, Azizjon G‘aniev 52, Dragan Cheran penalti 61, Yosir Alravashdeh avtogol 87, Alban Meha 90+3
"Nasaf": 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G‘aniev (5.G‘olib G‘aybullaev, 75), 7.Odiljon Hamrobkov (8.Sanjar Rashidov, 81), 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhiddinov, 20.Islom Kenjaboev, 22.Igor Golban, 55.Slavko Lukich, 69.Dragan Cheran, 77.Jasur Hasanov (17.Doniyor Narzullaev, 69), 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira:1.Umidjon Ergashev, 4.Maqsud Karimov, 15.Dilshod Saitov, 27.Islom Rashidxonov.
“Al-Faysali”: 12.Yazid Abulayla, 7.Yusuf Ravshdeh (10.Mahdi Alameh, 76), 11.Oday Zahran, 13.Xalil Baniatiyah, 17.Salim Alajalin, 19.Anas Bani Yosin, 25.Yosir Alravashdeh, 30.Mendi Dominik (16.Axmad Israyvah, 84), 37.Maxmud Almardi, 77.Alban Meha, 99.Lukash Gikevich.
Zaxira: 1.Nuriddin Atiyah, 6.Yusuf Abu Jalbush, 15.Suhib Abu Alhayja, 18.Husam Sadah, 20.Anas Salim.
Ogohlantirish: Xalil Baniatiyah 19, Slavko Lukich 32, Oday Zahran 36.
Fikrlar