No‘’mon Hasanov: Siddiqovning goli chiroyli chiqdi

  • 13 sentabr, 2018, 21:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"O‘yin chiroyli, shiddatli ruhda bo‘ldi. Futbolchilar yaxshi o‘ynashdi. Barcha borini berib harakat qildi. Sidiqovning goli juda chiroyli chiqdi. Faqat gol o‘tkazib yuborilgan vaziyatda futbolchilarimiz biroz konsentratsiyani yo‘qotishdi. Bugun durang o‘ynagan bo‘lsak-da, futbolchilarimizga rahmat aytaman. Bugun bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga ham o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman.

Tecno

Bugungi o‘yin muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman. Takror aytaman, Superligadagi har bir uchrashuv shunday shiddatli o‘tadi. Bunga bugun yana bir bor guvoh bo‘ldik.

Jamoam bugun ikki taymda ikki xil taktikada o‘ynadi. Albatta o‘ng qanot himoyasida Murod Holmuhammedovning yo‘qligi bilindi.

Oybek Rustamov terma jamoadan keldi, balki shuning uchun biroz kirishib ketishi qiyin bo‘lgandir. Oybek yaxshi futbolchi", - dedi Hasanov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!