"Napoli" Evro-2016 g‘olibiga qiziqib qoldi

  • 27 aprel, 2018, 18:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" klubi Lissabonning "Sporting" jamoasi darvozaboni Ruyu Patrisiuga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Tecno

Gap shundaki, neapolliklar yozda “Milan”ga o‘tishi kutilayotgan Pepe Reynaning o‘rniga aynan 30 yoshli portugaliyalik posbonni olib kelishmoqchi. O‘z navbatida “Sporting” ham bu borada “Neapol”ning taklifini ko‘rib chiqishga tayyor. Faqat lissabonliklar tajribali darvozabonini 15 mln evrodan kamiga sotishmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Ruyu Patrisiu joriy mavsum jami 52ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z darvozasidan 43ta gol olib chiqishga majbur bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!