
Namanganda qo‘l jangi bo‘yicha xalqaro turnir boshlandi
O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari va qo‘l jangi federatsiyasi tomonidan Namangan shahridagi Navbahor stadionida qo‘l jangi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazilmoqda.
Unda jahon mashhur sportchilari mamlakatimizning qo‘l jangi ustalariga qarshi o‘zaro raqobatlashadi.
Ayni damda mazkur musobaqaning ochilish marosimi o‘tkazilmoqda. Unda elimiz suygan san’atkorlar tomonidan ijro etilayotgan kuy va qo‘shiqlar musobaqa ishtirokchilari hamda muxlislarining qalbiga quvonch ulashmoqda.
Nufuzli musobaqada janglar soat 20:00 dan boshlanadi. Ushbu bellashuvlarda ringga ko‘tariladigan sportchilar bilan tanishing:
55 kg: Alisher Jo‘raxonov (O‘zbekiston) - Tolibjon Inoyatov (Tojikiston)
60 kg: Shahboz Tursunov ((O‘zbekiston) - Firdavs Ahmedjonov (Tojikiston)
65 kg: Olimjon Normurodov (O‘zbekiston) - Daniyar Kayshbekov (Qozog‘iston)
70 kg: Muhiddin Mamajonov (O‘zbekiston) - Roman Gamidullaev (Rossiya)
75 kg: Jahongir Jumaev (O‘zbekiston) - Eduard Muravitelskiy (Belarus)
Fikrlar