Musaev Podolskiga qarshi o‘ynadi

  • 26 avgust, 2017, 17:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Yaponiya J  Ligasida 24-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Hamyurtimiz Fozil Musaev faoliyat olib boradigan “Jubilo Ivata” jamoasi o‘z maydonida “Vissel Kobe”ni qabul qildi.

Tecno

Mazkur bahsda mezbonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Yaxshi bilasiz, “Vissel Kobe” safida 2014 yilgi mundialda g‘olib bo‘lgan Lukas Podolski to‘p suradi. Germaniyalik forvard bugun ham jamoasi safida asosiy tarkibda maydonga tushdi va Musaev xamda uning jamoadoshlarini ancha “qiynadi”.

Fozil esa bahsni asosiy tarkibda boshladi va uchrashuvga hakam tomonidan qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada o‘z o‘rnini sherigiga bo‘shatib berdi.

Yaponiya J Ligasi. 24-tur

“Jubilo Ivata” – “Vissel Kobe” 2:1 (0:0, 2:1)

Gollar: Kavamata(51), Matsuura(79) – Podolski(48).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!