
Muddatidan avval uyiga ketmoqchi bo‘lgan Teves Xitoy klubiga 5 mln evro jarima to‘ladi
Avval xabar berganimizdek argentinalik mashhur hujumchi Karlos Teves Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubi bilan amaldagi shartnomasini bekor qildi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 33 yoshli futbolchi shartnomani muddatidan avval bekor qilgani uchun xitoyliklarga 5 mln evro jarima to‘lashga majbur bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Teves "Shanxay Shenxua"ga 2016 yilning dekabrida kelib qo‘shilgan edi. Xitoy klubi uni o‘sha paytda dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga (yillik maoshi 36 mln evro) aylantirgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda Teves katta ehtimol bilan yana "Boka Xuniors" klubi safiga borib qo‘shiladi. Bu uning ushbu jamoaga 3-marta kelishi bo‘ladi.
Fikrlar