
Mourinoning yordamchisi endilikda Qatar klubiga ustozlik qiladi (foto)
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinoning yordamchisi Rui Faria endilikda mustaqil faoliyat olib boradigan bo‘ldi. U Qatarning "Al-Duhail" jamoasi ustoziga aylandi.
U tunislik Nabil Maalulning o‘rnini egalladi. Yaxshi bilasiz, Maalul 2018 yil Rossiya maydonlarida o‘tgan mundialda Tunis termasiga ustozlik qilgan edi. JChdan so‘ng esa "Al-Duhail"ga bosh murabbiy etib tayinlangan 56 yoshli mutaxassis oradan 5 oy o‘tib iste’foga chiqarilgan edi.
Ma’lumot uchun, Faria Mourinoga "Leyriya", "Portu", "Chelsi", "Inter", "Real" va "Manchester Yunayted" jamoalarida yordamchilik qilgan.
Fikrlar