
Modrichning Rossiyaga uchib kelishi (Foto)
Jahon chempionati saralashining pley-off bosqichi o‘yinlarida Xorvatiya terma jamoasi ilk uchrashuvda Gretsiyani 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Bunday hayratlanarli sakrash bilan Luka Modrich Gretsiya ustidan qozonilgan g‘alabani emas, balki o‘zining penaltidan urgan golini nishonlayapti. Keyinroq xorvatlar raqiblarining xatolaridan muvaffaqiyatli foydalanib, ularni mag‘lubiyatga uchratishdi.
Xorvatiya ushbu yo‘llanmani, o‘z guruhida Islandiya, Ukraina va Turkiya bilan kurashda ikkinchi o‘rinni egallagan holda qo‘lga kiritdi.
Qayd etish lozim, JCh saralashining so‘nggi turida Xorvatiya terma jamoasi boshqaruviga yangi murabbiy tayinlandi. Bunga sabab, Finlandiya bilan o‘tkazilgan o‘yindagi 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng xorvatlar Islandiyadan ikki ochkoga ortda qolishdi. Shu munosabat bilan Ante Chachich o‘z lavozimidan chetlatildi. Bu chetlatish Ukraina bilan o‘yindan ikki kun oldin sodir bo‘ldi. Agar o‘sha turdagi o‘yinlar Xorvatiya g‘alabasi va aksincha, Islandiyaning mag‘lubiyati bilan yakunlanganida, Xorvatiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jahon chempionati yo‘lanmasini ko‘lga kiritardi.
Ammo, Islandiya o‘z o‘yinlarida g‘alabaga erishdi va Xorvatiya esa yangi murabbiy, Zlatko Dalich bilan Ukrainani mag‘lub etdi. Shuningdek, Gretsiya bilan o‘tkazilgan birinchi o‘tish o‘yinidayoq Xorvatiya o‘zi uchun juda qulay vaziyatni yaratdi.
Ma’lumot o‘rnida, Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich JCh saralashining guruh bosqichi doirasida o‘tkazilgan o‘yinlarida sakkizta uyinda katnashib, uchta golga asistentlik kildi va kechagi penalti uning ushu bosqichdagi dastlabki golidir.
Fikrlar