Modrich birinchi bo‘lib "Inter" bilan muzokaralarga kirishgan

  • 24 avgust, 2018, 06:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” FIFAga “Inter” ustidan yarim himoyachi Luka Modrich bilan muzokaralarni boshlagani borasida shikoyat yubordi. Hozirda futbolchining shartnomasi mavjud, shuning uchun uning transfer huquqiga egalik qilayotgan klub roziligisiz boshqa jamoa bilan muzokara olib borish mumkin emas.

Tecno

FIFA bu ish bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshladi. Tashkilot Modrichga e’tiborni qaratgan va vaziyat haqida ma’lumot berishini so‘ragan. O‘yinchi esa “Inter” bilan birinchi bo‘lib murokaralarga kirishganini aytib o‘tgan, deya xabar beradi Don Balon nashri.

“Inter” Modrich bilan shartnoma tuza olmasligi mumkin, chunki “Real” uni 150 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Bu esa italyan klubiga qimmatlik qiladi. Ayna Modrich bu ishni boshlagan va “Inter” sabab “Real”ni tark etishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!