
Millatlar ligasi. Belgiya safarda Islandiyani yirik hisobda mag‘lub etdi
Reykyavik shahridagi «Laugardalsvyollur» stadionida kechgan bellashuv mehmonlarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakun topdi.
Birinchi bo‘limda belgiyaliklar ikki marta islandlar darvozasini ishg‘ol etishdi. Dastavval 29-daqiqada Eden Azar penaltidan gol kiritib, hisobni ochdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib esa Romelu Lukaku raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
O‘yin so‘nggida esa yana o‘sha tinib-tinchimas Lukaku Islandiya darvozasiga uchinchi golni kiritdi
Millatlar ligasi. 2-tur
Islandiya – Belgiya 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 29, penalti Azar, 0:2 – 31 Lukaku, 0:3 – 81 Lukaku.
Islandiya – Xalldoursson, Ingason, Sigurdsson, Magnusson, Skulason (Paulsson, 80), Xadlvredsson (Traustason, 84), Byarnason, Sigurdsson, Siguryonsson, Sevarsson,Bedvarsson (Sigtorsson, 71).
Belgiya – Kurtua, Kompani, Vertongen, Mene, Alderveyreld, Tilemans (Dembele, 80), Ferreyra Karrasko (Shadli, 70), Vittsel, Azar (Azar, 89), Mertens, Lukaku.
Ogohlantirishlar: Sevarsson (55).
Fikrlar