
Meyvezer Nurmagomedovning taklifiga javob berdi
Boks bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni amerikalik Floyd Meyvezer engil vaznda UFC chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedovning jang qilish taklifiga javob berdi.
Engilmas 41 yoshli bokschi Amerikaning taniqli telekanallarini “pullar” laqabi bilan atagan.
– CBS, Showtime va MGM Grand – pullarni tayyorlanglar. Xabib meni jangga taklif qilmoqda. Las-Vegasni yana bir marta mashhur qilamiz, – deb yozadi Floyd.
O‘z navbatida rossiyalik sportchi jangning o‘tkazilishi joyiga qarshilik qilgan va quyidagicha javob bergan: “Las-Vegas emas, ular mening pullarimni berishni istamayapti”.
Eslatib o‘tamiz, Nevada shtati atletik komissiyasi Nurmagomedovning irlandiyalik Konor Makgregor bilan bo‘lgan jangdagi gonorarini muzlatib qo‘ygan. Bunga rossiyalik sportchining jangdan so‘ng “tomosha ko‘rsatgan”i sabab bo‘lmoqda.
Fikrlar