
Mbappe - Evropaning eng qimmat o‘yinchisi. Ronaldu Top-10ga kiritilmadi
Sport tadqiqotlari markazi CIES Evropaning TOP-5 chempionatlarida to‘p suruvchi o‘yinchilardan eng qimmat futbolchilarni aniqladi. Bu ro‘yxatni tuzishda o‘yinchining yoshi va klub bilan tuzgan shartnomasi e’tiborga olingan.
CIES tuzgan ro‘yxatga ko‘ra, PSJning 20 yoshli hujumchisi Kilian Mbappe eng qimmat futbolchi deb topildi. “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning transfer narxi so‘nggi vaqtlarda tushib ketdi va ushbu top-10likka kiritilmadi.
1. Kilian Mbappe (PSJ) - 218,5 mln evro;
2. Xarri Keyn (“Tottenxem”) - 200,3 mln;
3. Neymar (PSJ) - 197,1 mln;
4. Rahim Sterling (“Manchester Siti”) - 185,8 mln;
5. Muhammad Salax (“Liverpul”) - 184,3 mln;
6. Paulo Dibala (“Yuventus”) - 171,9 mln;
7. Lionel Messi (“Barselona”) - 171,2 mln;
8. Romelu Lukaku (“Manchester Yunayted”) - 162 mln;
9. Filippe Koutino (“Barselona”) - 157 mln;
10. Leroy Sane (“Manchester Siti”) - 156,1 mln.
Fikrlar