
Marat Bikmaev 20 million so‘m jarimaga tortildi. U yangi mavsumning ilk bahsini ham o‘tkazib yuboradi
Xabaringiz bor Superliga 31-tur uchrashuvlari doirasidagi “Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvi vaqtida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Marat Bikmaev tomonidan odob-ahloq qoidalariga mos kelmaydigan xatti-harakat amalga oshirilgan edi.
O‘yinchi butun o‘zbek futboli jamoatchiligi diqqat-markazida turgan uchrashuv vaqtida qo‘li bilan xunuk harakat ko‘rsatdi va bu holat o‘yinni tomosha qilayotgan ko‘psonli ishqibozlar tomonidan salbiy qabul qilindi.
Bugun Etika qo‘mitasi ushbu holat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi va yuz bergan holatni atroflicha o‘rganib chiqdi.
Qayd etish joizki, Superliga 23-tur uchrashuvlari doirasidagi “Metallurg” – “Lokomotiv” bahsi 90+4 daqiqasida ham “temiryo‘lchilar” jamoasi zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan Marat Bikmaev hakamlar guruhi sha’niga noma’qul so‘zlar ishlatgan edi. Natijada o‘yinni boshqarib borgan hakam – Vladislav Tseytlin ushbu futbolchini maydondan chetlatib, yozma bildirgi orqali Bikmaev avvaliga zaxira hakamini, so‘ngra butun hakamlar guruhini haqorat qilganini ma’lum qilgan va natijada Bikmaev ikkita rasmiy uchrashuvdan chetlatilgan edi.
Marat Bikmaevning “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda ham odob-ahloq qoidalariga mos kelmaydigan xatti-harakat amalga oshirganini aslo oqlab bo‘lmaydi. Zero milliy terma jamoa a’zosi barchaga o‘rnak bo‘lishi lozim aslida.
Etika qo‘mitasi ushbu vaziyatni atroflicha o‘rganib chiqqan holda Musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 3-bo‘lim, 5.45 bandining “G” qismini qo‘pol ravishda buzgani e’tirof etilgan Marat Bikmaevning 31-tur o‘yini vaqtida va ungacha bo‘lgan 23-tur uchrashuvi paytida ham odob-ahloq qoidalaridan chetga chiqqanini inobatga olib, futbolchini 2 ta rasmiy o‘yinga chetlatdi va futbolchiga nisbatan 20million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Shundan kelib chiyib aytadigan bo‘lsak, Marat Bikmaev yangi mavsumning ilk uchrashuvini ham o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar