
"Manchester Yunayted" qishda Pogbani sotmaydi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba jamoadan ketmaydigan bo‘ldi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra MYu o‘zining eng qimmat futbolchisini davralar oralig‘ida qo‘yib yubormoqchi emas. Bordiyu 25 yoshli frantsiyalik futbolchining transferi borasida takliflar bo‘lgan taqdirda ham, ular rad etiladi.
Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 19ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning mankuanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan. Taxminiy transfer bahosi esa 90 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar