"Manchester Yunayted" himoyachisi qishda jamoani tark etmoqchi

  • 15 noyabr, 2018, 00:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

28 yoshli futbolchi o‘z vatani - Italiyaga qaytmoqchi. Mankunianlar ustozi Joze Mourino esa uni mavsum so‘nggiga qadar jamoada olib qolmoqchi.

Tecno

O‘yin amaliyoti kam ekanligiga qaramay, portugaliyalik mutaxassis Darmianga har ikkala qanotda birday o‘ynay olishi bois ishonch bildirmoqchi.

Italiyalik himoyachining "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida nihoyasiga etadi. Kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi ham mumkin. 

Ma’lumot uchun, Matteo Darmian 2015 yil "Torino" klubi safidan 12,8 mln evro evaziga "Manchester Yunayted" safiga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!