
"Manchester Yunayted" bosh murabbiylikka Garet Sautgeytni taklif qilmoqchi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Gap shundaki, Agar MYu Maurisio Pochettino bilan kelisha olmagan holda, bor e’tiborini aynan 48 yoshli angliyalik mutaxassisga qaratadi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi JCh-2018da muvaffaqiyatli ishtirok etgach, mamlakat futbol assotsiatsiyasi Sautgeytning maoshini 2 mln evrodan 3 mln evrogacha oshirib, u bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar uzaytirgan edi.
Ayni damda esa “Manchester Yunayted”ga norvegiyalik Ole-Gunnara Sulsher ustozlik qilmoqda.
Fikrlar