
"Manchester Siti"ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ldi?
So‘rovnomada ishtirok etganlarning 61 % argentinalik forvardga ovoz berishdi. U Bernardu Silva va Benjamen Mendini bu borada ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Aguero o‘tgan oy "shaharliklar" safida 5 ta gol kiritishga erishdi. Angliya Superkubogi uchun "Chelsi"ga qarshi kechgan uchrashuvda 30 yoshli hujumchi dubl qayd etgan bo‘lsa, Angliya Premer-ligasi 2-turida "Xaddersfild"ga qarshi bellashuvda esa xet-trikka erishgan.
Fikrlar