
"Manchester Siti" qishda G‘ulomni sotib olmoqchi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi “Napoli” himoyachisi Fauzi G‘ulomni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash lozimki 26 yoshli jazoirlik futbolchining neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilda o‘z nihoyasiga etadi va shu bois u qishda boshqa klublar bilan muzokaralar o‘tkazish huquqiga ega. Biroq, “shaharliklar” G‘ulomning transferi borasida “Napoli” bilan ertaroq kelishib olmoqchi.
Unga ko‘ra “Manchester Siti” Jazoir terma jamoasi futbolchisi uchun neapolliklarga 3 mln funt taklif qilmoqda. G‘ulomning o‘ziga esa haftasiga 90 ming funt maosh va mo‘maygina bonus bermoqchi. Xosep Gvardiola G‘ulomni jarohat olgan Benjamin Mendining o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Fikrlar