
“Manchester Siti” futbolchisi jarrohlik stoliga yotdi
Avval xabar berilganidek, “Manchester Siti” jamoasi himoyachisi Benjamin Mendi “Kristal Pelas”ga qarshi kechgan o‘yinda jarohat olib, safdan chiqqandi.
Frantsiyalik futbolchi “Tvitter”dagi sahifasida jarrohlik stoliga yotganini ma’lum qildi. Dunyoning eng qimmat futbolchisi uzoq muddat maydonga tusha olmasligi taxmin qilinmoqda.
Avvalroq Benjamin Mendi mavsum yakuniga qadar safdan chiqqani ma’lum qilingandi.
Fikrlar