"Manchester Siti" futbolchisi farzandining onasi bilan ajrashdi va uning ota-onasini ishdan haydadi

  • 11 yanvar, 2019, 09:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz sevgan qizi Milli Sevij bilan munosabatlarini to‘xtatdi. Bu haqda MailOnline nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra futbolchi Milli bilan yangi yildan oldin ajrashgan. Bundan tashqari u Sevijlar oilasi bilan butunlay aloqani uzgan. Gap shundaki, qizning ota-onasi Jon Stounz uyida xizmatkor bo‘lib, ukasi esa futbolchiga haydovchi bo‘lib ishlardi. Sevijning so‘zlariga ko‘ra bo‘lib o‘tgan voqealardan uning oilasi ham shokka tushgan.

Ma’lumot uchun, Jon Stounz va Milli Sevij munosabatlari to‘qqiz yildan buyon davom etib kelayotgan edi. Bundan 1,5 yil muqaddam ular qiz farzand ko‘rishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!