"Manchester Siti" Aguero bilan shartnomani uzaytirdi

  • 21 sentabr, 2018, 13:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Manchester Siti" klubi o‘zining rasmiy saytida hujumchi Serxio Aguero bilan amaldagi shartnomani uzaytirgani haqida e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra 30 yoshli argentinalik futbolchi “shaharliklar” safida 2021 yilga qadar qoladigan bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, avvalgi kelishuv 2020 yilga qadar imzolangan edi.

Ma’lumot uchun, Aguero "Manchester Siti" safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 299 ta o‘yinda maydonga tushib 204 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!