Magomed Ibragimov Gran-pri sovrindori bo‘ldi

CHERY AUTO

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida sport kurashlari bo‘yicha Ivan Yarigin xotira turniri doirasida Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Dunyoning 21 mamlakat vakillari ishtirok etgan musobaqada terma jamoamiz a’zolari ham sovrindor bo‘lishdi. 

Tecno

Rio Olimpiadasining bronza medali sohibi Magomed Ibragimov erkin kurash bo‘yicha 97 kilogrammgacha vazn toifasida bo‘lib o‘tgan bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Yurtdshimiz garchi ilk davrada mezbon kurashchi Rasul Magomedovga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa ham, raqibi finalgacha etib borgani bois unda bronza medali uchun kurashish imkoniyati paydo bo‘ldi. 

Bronza medali uchun o‘tish bellashuvida Magomed amerikalik Yozef Burakni, medal uchun kechgan bahsda esa mo‘g‘ilistonlik Batjal Uljisayxanni dog‘da qoldirishga erishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!