
MYu etakchi himoyachisi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishib oldi
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoaning tajribali himoyachisi Eshli Yang bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra tomonlar kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirishadi. Ta’kidlash kerakki, 33 yoshli futbolchining MYu bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Ma’lumot uchun, Yang “Manchester Yunayted” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 227ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 17ta gol hamda 42ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq unga “Roma” va “Inter” klublaridan qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar