MYu Fergyuson ketganidan buyon ilk marta bir o‘yinda 5 ta gol kiritdi

  • 23 dekabr, 2018, 02:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Kardiff Siti Stedium"da kechgan uchrashuvda "qizil iblislar" 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Tecno
Hafta o‘rtasida Joze Mourinoni ishdan olgan va o‘rniga vaqtincha Ule-Gunnar Sulsherni tayinlagan "Manchester Yunayted" safarda "Kardiff Siti"ga qarshi bahs olib bordi.

Markus Reshford, Ander Errera, Antoni Marsyal va Jessi Lingardlar (2 ta gol) tomonidan kiritilgan gollarga mezbonlar safida Viktor Kamaras bir javob qaytara oldi xolos.

Qizig‘i, MYu Premer-ligada so‘nggi bor 2013 yilning may oyida "Vest  Bromvich"ga qarshi bellashuvda 5 ta gol kirita olgan edi va o‘shanda yakuniy natija 5:5 ko‘rinishini olgan edi. "Qorayaloqlar"ga qarshi o‘yin afsonaviy Ser Aleks Fergyusonning manchesterliklar boshqaruvidagi so‘nggi uchrashuvi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!