
MYu De Xeani dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirmoqchi
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi o‘zining asosiy darvozaboni David De Xeaga super shartnoma taklif qilmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “qizil iblislar” rahbariyati 28 yoshli ispaniyalik posbonni tarkibda saqlab qolish uchun unga yiliga 23,5 mln evro maosh to‘lashga tayyor. Agar kelishuv imzolansa, De Xea dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi darvozabonga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, De Xeaning MYu bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Biroq, “qizil iblislar”da uni yana bir yilga uzaytirish huquqi mavjud.
Fikrlar