
MOQda ukrainalik mashhur farmatsevt olim bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Unda sportchilarning jismoniy holati, jarohatlardan tiklanish jarayoni, yuklamalarni to‘g‘ri taqsimlash, musobaqalarga jismoniy tomonlama to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rish kabi masalalar muhokama etildi. Unga ko‘ra, bir qator muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida Jasur Matchanov mehmonga Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan esdalik sovg‘asini taqdim etdi.
Ma’lumot uchun, Vladimir Ivanovich Kabachniy 1955 yili Xarkovda tavallud topgan. Farmatevtika fanlari doktori, professor, Ukraina Milliy farmatsevtika universiteti fizika va kolloid kafedrasi mudiri, Ukrainada xizmat ko‘rsatgan ixtirochi olim hisoblanadi.
Fikrlar