Luis Ortis Joshuaga qarshi jang qilmoqchi

  • 29 iyul, 2018, 16:28
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

28 iyuldan 29 iyulga o‘tar kechasi (Toshkent vaqti bilan) sobiq jahon chempoini Luis Ortis professional ringda navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Tecno

Los-Anjelesda o‘tgan boks kechasida u Razvan Kojanga qarshi ringga chiqdi va raqibini ikkinchi raundga nokautga uchratdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng u super og‘ir vazn toifasida WBA Super/IBF/WBO/IBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua bilan uchrashishni istayotganini ma’lum qildi.

- Menda professional ringda mag‘lubiyat bor deb hisoblamayman. Uaylderdan olgan mag‘lubiyatni yutqazish hisoblamayman. Hozir Entoni Joshua bilan jang qilishni istagan bo‘lardim, ammo u faqatgina o‘zi engishga ishongan bokschilar bilan urushmoqda. Bunga mening ham nomzodimni qo‘yishni so‘rayman. Balkim o‘shanda u men bilan uchrashishga rozi bo‘lar, - deya Ortisning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!