Lixtshtayner “Yuventus”dan ketadi: U “Arsenal” safini to‘ldirishi mumkin

  • 26 may, 2018, 15:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Yuventus” jamoasi himoyachisi Shtefan Lixshtayner Unai Emerining “Arsenal”dagi ilk xaridiga aylanishi mumkin. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Shveytsariya terma jamoasi a’zosining turinliklar bilan amaldagi kelishuvi shu yilning yozida yakuniga etadi. 34 yoshli futbolchi “Yuventus”ni tark etishini yashirmayapti.

“Kelajagik Turindan yiroqda. Mavsum yakunida ketaman. Kelasi mavsumni chet elda o‘tkazaman, ammo hozircha hech qanday shartnomalar imzolamadim”, – dedi Lixshtayner.

Shtefan Lixshtayner 2011 yildan buyon “Yuventus” sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u 201 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!