"Liverpul" futbolchisi qishda PSJga o‘tishi mumkin

  • 27 noyabr, 2018, 19:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi yarim himoyachisi Fabino yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida boshqa jamoaga o‘tib ketishi mumkin.

Tecno

L'Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli braziliyalik futbolchiga PSJdan jiddiy qiziqishlar mavjud. Parijliklar uning transferi uchun APL grandiga 43,7 mln funt to‘lashga tayyor.

Qayd etish lozimki, Fabinoga bundan tashqari "Milan" va "Yuventus" klublaridan ham qiziqishlar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Fabino “Liverpul” safiga 2018 yilning mayida “Monako”da 45 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum bor yo‘g‘i 5ta o‘yinda ishtirok etdi holos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!