
"Liverpul" futbolchisi Bekxem bilan tenglashib oldi
45-daqiqada Roberto Firmino Milnerning uzatmasidan so‘ng "tulkilar" darvozasini ishg‘ol qildi. Bu Milnerning APL o‘yinlarida assistentlik qilgan 80-goli bo‘ldi va bu borada "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Devid Bekxem bilan tenglashib oldi.
Faqatgina Stiven Jerrard (92), Dennis Bergkamp (94), Frenk Lempard (102), Ueyn Runi (103), Sesk Fabregas (111) va Rayan Giggz (162)lar bu ikkovlondan ko‘p golli uzatmalarni amalga oshirishga erishgan.
Fikrlar