
“Liverpul” Vida uchun 20 mln evro taklif qilmoqda
Turkiyaning “Beshiktosh” klubi hamda Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Domagoy Vida faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishi mumkin.
Fanatik nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar dastlab 29 yoshli futbolchi uchun turk klubiga 18 mln evro taklif qilishgan, biroq rad javobini olishgan edi. Ularning bu boradagi ikkinchi taklifi 20 mln evro bo‘ldi. Ammo “Beshiktosh” bunga ham ko‘nmadi. Ular Vidani 35 mln evroga baholashmoqda.
Ma’lumot uchun, Vida “Beshiktosh” safiga o‘tgan qishki transferlar davrida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U bungacha 5 mavsumni Kievning “Dinamo” klubida o‘tkazgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Vida Xorvatiya terma jamoasining JCh-2018 finaliga chiqishiga katta xizmat qildi.
Fikrlar