
"Leyptsig" safida Bundesliga tarixidagi ilk marta qora tanli darvozabon o‘ynaydi
Joriy mavsum Bundesligani ikkinchi o‘rinda yakunlab, o‘ziga hos sensatsiya yaratgan "Leyptsig" germaniya futboli tarixiga yana bir yangilik olib keldi.
Gap shundaki, ular "Yang Boyz" klubi darvozaboni Ivon Mvogoni sotib olishdi. 22 yoshli asli kamerunlik bo‘lgan golkiper 1 iyul kuni rasman "Leyptsig" safiga kelib qo‘shiladi. Uning transferi tahminan 5 mln evroni tashkil etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, endi Mvogo Bundesliga tarixidagi ilk qora tanli darvozabon bo‘ladi.
Fikrlar