
Legionerlarimiz. Galiulinning jamoasi “Mladost”ni mag‘lub etdi
Mavsumning ikkinchi yarmiga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan, hamyurtimiz Vagiz Galiulin to‘p tepadigan – “Tosno” klubi bugun mazkur yig‘in doirasida Bosniya va Gertsegovinaning “Mladost” klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.
Ushbu o‘yinda rus klubi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Galiulin uchrashuv qaydnomasidan o‘rin olmadi.
Nazorat o‘yini
«Tosno» — «Mladost» — 1:0
Gol: Mirzov, 15.
“Tosno” (1-bo‘lim): Oparin, Suxarev, Buyvolov, Dugalich, Kutin, Karnitskiy, Mirzov, Poletanovich, Rikardino, Melkadze, Truich (Palienko, 30).
“Tosno” (2-bo‘lim): Lukichev, Chernov, Dugalich, Buyvolov (Suxarev, 50), Margasov, Muxametshin, Karvalo, Palienko, Skvortsov, Melkadze (Truich, 60), Troshechkin.
Chetlatish: Buyvolov,50.
Fikrlar