
Legionerlarimiz. Galiulinning jamoasi Bolgariyaning 7-jamoasiga mag‘lub bo‘ldi
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Vagiz Galiulin faoliyat olib boradigan Rossiyaning “Tosno” klubi mavsumning ikkinchi qismi uchun tayyorgarlikni Turkiyada olib borishmoqda.
Bugun ular yig‘in doirasida Bolgariyaning “Chernoe More” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazishdi. Ushbu o‘yinda ayni vaqtda Bolgariya chempionatida 7-o‘rinda borayotgan “Chernoe More” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Galiulin ikkinchi bo‘limda zahiradan maydonga tushirildi.
Nazorat uchrashuvi
«Tosno» (Rossiya) — «Cherno More» (Bolgariya) — 0:1 (0:1)
«Tosno» (asosiy tarkib): Oparin, Dugalich, Miyushkovich, Chernov, Margasov, Poletanovich, Rikardino, Nunu Rosha, Mirzov, Bystrov, Melkadze.
Zahiradan maydonga tushganlar: Yurchenko, Buyvolov, Suxarev, Karnitskiy, Troshechkin, Karvalo, Galiulin, Truich, Skvortsov, Palienko.
Fikrlar