Legionerlarimiz. Gadoevning jamoasi safardan muhim g‘alaba bilan qaytdi

  • 19 may, 2018, 22:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Janubiy Koreyada nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan  K Liga-2 da 12-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Shoxrux Gadoev to‘p suradigan “Tedjon Sitizen” klubi safarda “Asan Mugunghva” mehmoni bo‘ldi.

Tecno

Mazkur o‘yinda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gadoev 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Bugungi muvaffaqiyatdan so‘ng “Tedjon Sitizen”ning ochkolari soni 16 taga etdi va turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

K Liga-2. 12-tur

“Asan Mugunghva” – “Tedjon Sitizen” 0:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!