
Kurtua: "Real" uchun chempionat yakunlandi
Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua kecha “Barselona”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng “qirollik klubi”da chempion bo‘lish uchun imkon qolmaganini aytdi.
“Biz uchun chempionat yakunlandimi? Ha, deyarli. “Barselona”dek jamoadan 12 ochko ortda qolayotib, bunday farqni yo‘qqa chiqarish juda qiyin”, - deydi 26 yoshli belgiyalik posbon.
Eslatib o‘tamiz, “Real” ayni damda La Liganing ortda qolgan 26ta tur yakunlariga ko‘ra 48 ochko bilan musbaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda, peshqadam “Barselona” hisobida esa 60 ochko mavjud.
Fikrlar