
Kurash: Nurbek To‘raev ham keyingi bosqichda
Osiyo o‘yinlarining bugungi kuni kurashchilarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.
Xususan, +90 kg vazn totfasidagi hamyurtimiz Nurbek To‘raev livanlik Jad Fadelga qarshi gilamga ko‘tarildi. Hamyurtimizning to‘la ustunligida o‘tgan bahs esa livan vakilining mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
Qayd etish lozim, To‘raevning 1/8 final bosqichidagi raqibi mo‘g‘ulistonlik Temuulen Bayarsayxan bo‘ladi.
Fikrlar