Kroos qachon maydonga tushishi mumkin?

  • 11 dekabr, 2018, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispan nashrlari tizzasidan jarohat olib bir necha haftadan buyon maydonga tusha olmay kelayotgan “Real” yarim himoyachisi Toni Kroosning holati haqida ma’lumot aniqlashdi.

Tecno

Jumladan, Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli germaniyalik futbolchi deyarli jarohatidan forig‘ bo‘lgan. U xatto bugungi mashg‘ulotlarda jamoaning umumiy guruhida shug‘ullangan.

Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Kroos ertaga TsSKAga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL guruh bosqichining so‘nggi turida maydonga tushishi ham mumkin. Ammo, “qirollik klubi” murabbiylar shtabi uni Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qadar to‘liq tiklanib olishi uchun ertanggi o‘yinda maydonga tushirmasligi ham mumkin.

Ma’lumot uchun, Kroos joriy mavsum “Real” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!