
Koutino “Barsa” rahbariyatidan “Liverpul”dagi sobiq jamoadoshini sotib olishni so‘rayapti
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino jamoa rahbariyatidan o‘zining "Liverpul"dagi sobiq jamoadoshi Emre Janni sotib olishni so‘ramoqda.
Unga ko‘ra braziliyalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyatiga yozda mersisaydliklar bilan shartnomasi tugab erkin agentga aylanadigan germaniyalik futbolchini xarid qilishni maslaxat bergan. Ta’kidlash kerakki, bu vaziyatda “Barselona” Janni mutlaqo tekinga o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Emre Jan joriy mavsum “Liverpul” safida jami 37ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar