Kokorin va Mamaevga Rossiya mahbuslar terma jamoasida o‘ynash taklif qilinmoqda
Zo‘ravonlikda ayblanib qamoqqa olingan "Zenit" hujumchisi Aleksandr Kokorin va "Krasnodar" yarim himoyachisi Pavel Mamaev yana futbolga qaytishi mumkin. Faqat professional futbolga emas.
Moskva jamoatchilik nazorati komissiyasi a’zosi Ivan Melnikovning so‘zlariga ko‘ra ushbu ikki aybdor futbolchiga Rossiyaning mahbuslar terma jamoasida o‘ynash taklif etilmoqda. Uning aytishicha federal jazoni ijo etish idorasi doimiy ravishda qamoqxona va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan mahbuslar o‘rtasida o‘yinlar o‘tkazib turadi va mashhur futbolchilarning ushbu o‘yinlarda ishtirok etishi haqiqiy shouga aylanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ushbu ikki futbolchi o‘z vaqtida Rossiya terma jamoasi sharafini himoya qilishgan.



Fikrlar